2023 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha Qoraqolpog‘iston Respublikasida sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

2023 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha Qoraqolpog‘iston Respublikasida sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida Qoraqolpog‘iston Respublikasida 13214,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga o‘sish sur’ati 100,8 foizni (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 14-o‘rin), respublikadagi ulishi 2.9% ni (12-o‘rin) tashkil etadi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 6,6 mln.so‘mni (9-o‘rin), o‘sish sur’atlari 99,5%ni tashkil etdi.

Nukus sh.(18,5 mln.so‘m) va Taxiatosh (20,2 mln.so‘m), Qorao‘zak (7,3 mln.so‘m), Qo‘ng‘irot (6,9 mln.so‘m), Taxtako‘pir (5,7 mln.so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Amudaryo (2,5 mln.so‘m) va Bo‘zatov (1,3 mln.so‘m) tumanlarida eng pastki ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi(qurilishni qo‘shgan holda) 31,8%ni tashkil etdi (2022 yilda 35,1 foizni tashkil etgan edi).

Sanoat mahsulotlarining 27,0%i (2022 yilda 19,8 foiz) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda chiqaridigan sanoatining ulushi - 87,8%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi -10,3%, tog‘-kon sanoat va ochiq konlarni ishlash ulushi – 1,3%, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi - 0,6% ni tashkil qilgan.

Ishlab chiqarish sanoatining tarkibida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi -51,6% , to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 19,5%, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ulushi - 17,1% va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlar ulushi – 11,8% ni tashkil etgan.

Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 549 taga (1305 tasi yangi tashkil etilgan) yetib, shundan jami ishlab chiqarish hajmida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning ulushi 51,4%ni tashkil etdi.

Salamat Begmanov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar