2024 yil yanvar-iyun yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

2024 yil yanvar-iyun yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

2024 yil yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar hajmi 3 319,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2023 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 11,4 foizga oshgan.

2024 yil yanvar-iyun oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 30,3 foizni tashkil etgan.

2024 yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush moliyaviy xizmatlar (32,2%), savdo (24%) va transport (12,4%) xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni boshqa xizmatlar (6,7%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,1%), ta’lim xizmatlari (3,8%), yashash va ovqatlanish (3,0%), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (2,5%), sog‘liqni saqlash (2,5%), kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash (2,3%), shaxsiy xizmatlar (2,1%), ijara xizmatlari (1,6%) me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar (0,9%) egallagan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2023 yilning shu davriga nisbatan 2024 yil yanvar-iyun oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Transport xizmatlari 18,6%, ijara xizmatlari 16,6%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 15,3%, yashash va ovqatlanish xizmatlari 15,1%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 15%, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash 12,7%, ta’lim xizmatlari 12,3%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 11,5%, moliyaviy xizmatlar 10,5%, savdo xizmatlari 9,2%, boshqa xizmatlar 8,5%, sog‘liqni saqlash 4,8%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 4,7%ga oshgan.

2024 yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 43,2% Guliston shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sirdaryo (14,0%), Boyovut (8,5%) tumanlari va Yangiyer shahri (7,3%) hissasiga, eng kichik ulushlar esa Shirin (1,4%), Oqoltin (3,7%) va Sardoba (3,9%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

2024 yilning yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Yangiyer sh. (117,4%), Shirin sh. (115,5%), va Mirzaobod (109,9%) tumanida kuzatilgan.

Elyor Pulatov

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar