2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4 208,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 107,7%ga oshdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 269 mlrd so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 6,4%ni (o‘sish sur’ati 85,5%), kichik tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 3 939,7 mlrd so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 93,6%ni (o‘sish sur’ati 109,6%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 398,3 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 111,8%) tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasining yuqori o‘sish sur’atlari Xovos (108,8%), Sayxunobod (108,6%), Guliston (108,2%) tumanlarida va Guliston shahrida (108,3%) qayd etildi.
Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Guliston shahri 35,3% bilan 1 485 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Eng quyi ulushni Shirin shahri 1,3% bilan 55,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi bo‘yicha Shirin shahri (100%), Oqoltin (98,9%) va Xovos (99,4%) tumanlarining ulushi yuqori.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 6,4% ni tashkil etib, eng yuqori ulushlar Guliston shahri (11,8%), Yangiyer shahri (5,5%), Sirdaryo (2,4%) hamda Sardoba (2,1%) tumanlariga to‘g‘ri keldi.
O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 572,7 ming so‘mni (2023 yilning mos davriga nisbatan 105,6%) tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar Guliston shahrida 14 790,9 ming so‘m, Yangiyer shahrida 7 655 ming so‘m va Sirdaryo tumanida 4 841,2 ming so‘m, eng past ko‘rsatkichlar Xovos tumanida 1 408,9 ming so‘m va Boyovut tumanida 1 650,3 ming so‘mni tashkil etdi.
Uyushmagan savdo tovar aylanmasi 398,3 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,8%) tashkil etdi. Jumladan, uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 130,7 mlrd so‘mni (90,5%), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarining savdo aylanmasi hajmi 267,6 mlrd so‘mni tashkil etdi (126,1%).
Ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 2 415,4 mlrd so‘mga yetdi (2023 yilning mos davriga nisbatan 10,6% ga oshdi). Bunda savdo aylanmasining 93,8% ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik su’yektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi 426,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 67,5% ga oshdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasi 4 098,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 6,3%ga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 140,9 mlrd so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 3,4%ni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga oshgan), kichik biznes va mikrofirmalarning tovar aylanmasi 3 957,4 mlrd so‘mni, umumiy hajmdagi ulushi 96,6%ni (o‘sish sur’ati – 122,9%) tashkil etdi.
Saibov Farrux Farxodovich
Izoh qoldirish