Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Andijon viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 24 807,8 mlrd.so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 24 236,3 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 475,4 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 96,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan 103,9%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Andijon viloyatining ulushi 10,0% tashkil qildi.

Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 24 120,8 mdrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 15 502,7 mlrd.so‘m va chorvachilik mahsulotlari 8 618,1 mlrd.so‘mni tashkil qildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda eng yuqori o‘sish sur’atlari Ulug‘nor (107,7%), Paxtaobod (106,8%) va Qo‘rg‘ontepa (106,2%) va Buloqboshi (105,8%) tumanlarida qayd etildi.

Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 46,8 %i Jalaquduq (11,3%), Asaka (10,0%), Shahrixon (9,3%) Paxtaobod (8,8%) va Baliqchi (7,5%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 7 300 ming so‘mni tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 35,7% chorvachilik, 64,3% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 646 ming tonna don va dukkakli don mahsulotlari, 1288 ming tonna sabzavotlar, 243 ming tonna kartoshka, 117 ming tonna poliz, 448 ming tonna meva va rezavorlar va 60 ming tonna uzum yetishtirildi.

Shuningdek, chorvachilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 126,2 ming tonna go‘sht, 663,8 ming tonna sut, 436,7 mln. dona tuxum va 7812,7 tonna baliqchilik ovlandi.

Jami qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 670 ta ga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 8,3%ni tashkil etdi.

Muzaffar Abdusamatov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan mintaqaviy filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar