Behzod Hamroyev: "Har bir oila tadbirkor" dasturi uchun yil oxirigacha 5,5 trl so‘m ajaratiladi

Behzod Hamroyev:

Markaziy bank raisi o‘rinbosari o‘rinbosari Behzod Hamroyev 7 sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlarida tizimli islohotlarni davom ettirish to‘g‘risidagi qarorida keltirilgan inqirozdan keyingi rivojlanish davrida banklarni transformatsiya qilish va bank xizmatlaridan foydalanish samaradorligini hamda ularning sifatini oshirishni jadallashtirish qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lum qildi.

7 sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev pandemiya sababli respublikada oktyabr oyigacha kredit to‘lovini kechiktirish natijalari haqida ma’lumot berdi.

«Pandemiya sababli respublikada oktyabr oyigacha kredit to‘lovini kechiktirish natijasida umumiy miqdorda 256,5 trillion so‘m kredit to‘lovi kechiktirildi. Shundan 21,3 trillion so‘m yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi. Barcha tadbirkorlik sub’yektlaridan kelib chiqsak, 65% yuridik shaxs bu imtiyozdan foydalanmoqda. 5,3 trillion so‘m (88%) jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan kredit to‘lovlari kechiktirilgan.

Joriy yil boshida "Har bir oila tadbirkor" loyihasi uchun 4 trillion so‘m ajratish maqsad qilingan edi. Bu mablag‘lar asosan so‘ndirilgan qarzdorliklar hisobidan yo‘naltirish nazarda tutilgan. Biroq pandemiya tufayli kreditlarni to‘lash kechiktirilganligi sabab, yana 2 trillion so‘m "Har bir oila tadbirkor" dasturi uchun qo‘shimcha yo‘naltirildi. Yil oxiriga qadar 5,5 trl so‘m ajaratiladi. O‘tgan 8 oyda 3,9 trl so‘m aholiga dastur doirasida berilgan», deydi Behzod Hamroyev.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlarida tizimli islohotlarni davom ettirish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlangan. Ushbu qarordagi amaliy harakatlar rejasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich - 2020 yil oxiriga qadar - barqarorlashtirish va tiklangan o‘sish. Ikkinchi bosqich - 2021 yildan boshlab 5,0-5,5 foiz barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan, 2020-2021 yillar davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlarini moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralar.

Shuningdek, 4 sentyabr kuni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan “O‘zbekiston 24” telekanalida ushbu qaror yuzasidan ko‘rsatuv tayyorlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar