O‘tgan hafta davomida, ya’ni 27 dekabr – 2 yanvar kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 858,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 19,3% ga kamdir. Bu haqda “O‘zRTXB” axborot xizmati xabar qildi.
Bunda sotuvlarning 88,4% - birja savdolari; 0,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 11,0% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 700,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 15,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 078 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 9,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 14,4% ikkinchi; 13,7% uchinchi; 13,5% to‘rtinchi; 19,0% beshinchi va 30,4% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 644,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Paxta yog‘i
O‘tgan haftada birja savdolarida 2 434,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 66 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 609,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 519,0 ming so‘mdan 14 364,7 ming so‘mgacha, ya’ni 7,4% ga pasayganini ta’kidlash lozim.
Suyultirilgan gaz
Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 399,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ulardan 7 487,0 tonnasi, ya’ni 72,0% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 144 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 536,7 ming so‘mdan 2 422,7 ming so‘mgacha, ya’ni 4,5%ga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 2 491,1 ming so‘mni tashkil etdi.
Paxta tolasi
O‘tgan haftada birja savdolarida 7 219,0 tonna paxta tolasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 805,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 29 893,0 ming so‘mdan 27 410,6 ming so‘mgacha, ya’ni 8,3% ga pasayganini ta’kidlash lozim.
Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Izoh qoldirish