Bog‘chalar, bozorlar va avtobus qatnovlariga ruxsat berildi

Bog‘chalar, bozorlar va avtobus qatnovlariga ruxsat berildi

2020 yil 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda quyidagilarga ruxsat berilmoqda:

  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga.

Bunda:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
  • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
  • tana harorati 37*S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi;
  1. Buyum bozorlari faoliyatiga.

Bunda buyum bozorlari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlanishi, sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi;

  1. Hududlar o‘rtasida avtobus qatnovlariga.
  • Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:
  • transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;
  • haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.

Karantin davrida muddati tugaydigan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tegishli malaka toifasi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarning amal qilish muddati 2020 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar