Toshkent shahri va Toshkent viloyatida dushanba kunidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ochish boshlandi. Hozircha har bir tumanda bittadan, biroq 14 sentyabrdan mazkur jarayon butun O‘zbekiston bo‘yicha boshlanadi. Bu haqda 10 sentyabr kuni Maktabgacha ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga toza suv zaxirasi, tozalovchi va dezinfeksiya vositalari mavjudligi ta’minlagan holdagina ish boshlash ruxsati beriladi. MTTlar ochilishi uchun xalq deputatlari Kengashi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ruxsati talab qilinadi.
Birinchi o‘rinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. Bu 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning ijtimoiy masofa saqlashi va gigiyena qoidalariga amal qilishdagi qiyinchiliklari bilan izohlanadi. Masalan, u o‘ziga qadar boshqa bolalar o‘ynagan o‘yinchoqni og‘ziga olib borishi mumkin. O‘rta guruhlarning (4-5 yoshdagi bolalar) ochilishi oktyabr oyiga, kichik guruhlarning (3 yoshdagi bolalar) ochilishi noyabr oyiga mo‘ljallangan.
«Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyat qarab o‘zgarishi mumkin», dedi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.
MTTlarga yozilish uchun elektron navbat noyabr oyidan erta davom ettiriladi. Hozirda navbatda 610 mingga yaqin bola bor. Sentyabrga qadar maktabgacha ta’lim bilan atigi 36,82 foizni qamrab olish mumkin bo‘ldi. Hozircha vazirlik maktabgacha tashkilotlarga kelayotgan tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda. Hozirgi sharoitda guruhdagi bolalarning tavsiya etilgan soni 15 nafarni tashkil qiladi.
MTV MTTga borishni istaganlar soni tavsiya etilganlardan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi mumkinligini tan oldi, ammo ota-onalardan barcha omillarni hisobga olgan holda to‘g‘ri tushunishlarini umid qilmoqda.
Vazirlik so‘rovlariga ko‘ra, ota-onalarning qariyb 30-35 foizi bolasini maktabgacha ta’lim muassasalariga qaytarib berishga tayyor, ammo «ertaga bu 40%, keyin 50% bo‘lishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi ishlari boshlanadi, korxonalar sur’atlarni oshirmoqda. Albatta, bolasini hech kimga tashlab ketolmaydigan ota-onalar bo‘ladi. Ular maktabgacha ta’lim muassasalariga borishadi», dedi Agrippina Shin.
Bolalar va xodimlarning xavfsizligi uchun tashkilotlar o‘quvchilarni qachon olib kelish va olib ketish jadvallarini tuzadilar. Tarbiyachilar bolalarni qabul qilishadi, ota-onalar maktabgacha ta’lim muassasasi hududiga kiritilmaydi. Binolar kuniga uch marta maxsus vositalar yordamida nam tozalash, o‘yinchoqlar, o‘quv materiallari va jihozlarni sanitarizatsiya qilish, shuningdek, ayvonchalar va bolalar maydonchalarini dezinfeksiya qilish ishlari olib boriladi. Maydonchalarda tarbiyachilar va boshqa guruhlarning bolalari bilan muloqot qilish mumkin bo‘lmaydi
Izoh qoldirish