Barcha bog‘chalar noyabr oyi oxirigacha ochiladi

Barcha bog‘chalar noyabr oyi oxirigacha ochiladi

Maktabgacha ta’lim muassasalari 2020 yil noyabr oyining oxiriga qadar ochiladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish faoliyatini boshlash va bolalarni qabul qilish huquqi faqat SESdan ruxsat olgan maktabgacha ta’lim muassasalariga beriladi.

Lekin, qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan, xodimlari orasida koronavirus aniqlangan MTMlar faoliyati tiklanmaydi.

Bunga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida yil oxiriga qadar 20 ta MTM yopiqligicha qoladi. Toshkent viloyatida 104 ta MTM olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sababli ochilmaydi. 4 ta maktabgacha ta’lim muassasasi yaroqsiz holatga kelib qolgan, 2021 yilda ular investitsiya dasturiga tavsiya etilgan. Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi 26 ta maktabgacha ta’lim muassasalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Bekobod shahridagi «O‘zmetkombinat» rahbariyatining qaroriga binoan ishlamaydi.

Toshkent shahrida jami 80 ta maktabgacha ta’lim muassasasi ta’mirlanmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar