Respublika ishchi guruhi faoliyati davomida alohida e’tibor ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolda qolayotgan aholi qatlamiga qaratildi hamda ularga amaliy ko‘mak berish pirovard maqsad deb belgilandi.
Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tavsiyalar asosida 463 nafar fuqaroga 11,7 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi, 1 382 nafar fuqarolarning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 494 nafar fuqarolar mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga doimiy ishga joylashtirildi, 398 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 490 nafar fuqarolar kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun o‘qitildi.
Aholi salomatligini yaxshilash masalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibor markazida bo‘ldi. Jumladan, 106 303 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 4 868 nafari tuman, shahar, 1 202 nafari viloyat shifoxonalariga yotqizilib davolanmoqda, 149 nafarida tuman, shahar, 113 nafarida viloyat darajasida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
Ijtimoiy soha ob’yektlari atroflicha ham o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘rtachirchiq, Toshkent tumanlaridagi 5 ta maktabga 10-25 kVt quvvatli quyosh panellari ajratildi, Toshkent tumanidagi 3 ta umumta’lim maktablari dars jarayonida foydalanish uchun 3 ta interaktiv doskalar bilan ta’minlandi. O‘rtachirchiq, Toshkent tumanlaridagi umumta’lim maktablariga “Kitob marafoni” tadbirlari doirasida jami 1 400 dona badiiy adabiyotlar taqdim etildi, Olmaliq shahar sport maktabiga 11 turdagi sport jihozlari taqdim etildi.Uyda ta’lim olayotgan 30 nafar o‘quvchilar holidan xabar olinib, ularga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Aholi punktlarida ijtimoiy infratuzilma xolatini yaxshilash maqsadida, 42,4 km yo‘l ta’mirlandi. Shundan, 19,8 km ichki yo‘llarga asfalt yotqizildi, 4,7 km yo‘l betonlashtirildi, 17,9 km yo‘l shag‘allashtirildi. Bundan tashqari, 1 256 ta temir-beton tayanchlar, 4 ta transformator o‘rnatildi, 41,3 km elektr tarmog‘i tortilmoqda. Natijada 43 ta mahallalarda elektr ta’minoti yaxshilandi.
Joylarda 114,2 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i totildi. Aholi murojaatlari asosida 1 ta suv inshooti transformatori va 5 ta nasos uskunasi almashtirildi, 1 ta suv minorasi o‘rnatildi, 1 ta suv qudug‘i qazildi.
Respublika ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.
Izoh qoldirish