Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Shu jumladan:
- “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
- “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
- “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
- “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi;
- “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi;
- “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar.
Bundan tashqari:
- Davlat byudjetining 2020 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi muhokama qilinadi;
- Adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti, Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti eshitilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish