Buyuk Britaniyada yangi mutatsiyaga uchragan koronavirus tarqaldi

Buyuk Britaniyada yangi mutatsiyaga uchragan koronavirus tarqaldi

Buyuk Britaniyada tarqalish darajasi yuqori bo‘lgan koronavirusning yangi mutatsiyasiga COVID-21 deb nom berildi. Bu haqda «BBC» xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, bu yangi mutatsiya Buyuk Britaniyaning genetiklari tomonidan aniqlangan va unga norasmiy ravishda COVID-21 deb nom berilgan. Ta’kidlanishicha, Angliyaning shimoli-sharqida tez tarqalishi mumkin. Mavjud vaksinalarning koronavirusning yangi turiga qarshi samaradorligi darajasi noma’lum.

«Birinchi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, virusning yangi turi ilgari aniqlangan turiga nisbatan tezroq tarqalmoqda», deydi Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari.

U jamoat palatasi deputatlariga bergan bayonotida so‘nggi hafta davomida London, Kent, Esseks va Xertfordshirning ayrim qismlari bo‘ylab yangi tur koronavirus infeksiyasining keskin, eksponensial o‘sishi kuzatilganligini ta’kidlagan.

«Hozirda biz ushbu tur bilan kasallangan 1000 dan ortiq holatlarni aniqladik, ular asosan Angliyaning janubida. Xususan, 60 ga yaqin holat mahalliy hokimiyat organlarida aniqlangan.

Biz bu yangi tur bilan qanday kurashishni hali bilmaymiz, ammo nima bo‘lishidan qat’i nazar, tezkor va qat’iyatli choralar ko‘ramiz», degan Sog‘liqni saqlash vaziri.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar