Yangi virus nega xavfli? Mutatsiyaga uchragan yangi turdagi koronavirus Britaniyada keng tarqalib bo‘lgan

Yangi virus nega xavfli? Mutatsiyaga uchragan yangi turdagi koronavirus Britaniyada keng tarqalib bo‘lgan

Buyuk Britaniyada tarqalayotgan yangi turdagi koronavirus vahimasi butun Yevropaga tarqaldi. Dastlab Italiya, Belgiya va Niderlandiya qirollik bilan aviaqatnovlarni bekor qilgandi. Germaniya pochtasi Britaniyadan kelayotgan jo‘natmalar qabul qilmayapti. Bugundan O‘zbekiston ham keyingi yilning 10 yanvariga qadar Britaniya va yangi shtamm aniqlangan boshqa mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi.

Slovakiya birinchilardan bo‘lib Britaniya bilan qatnovlarni to‘xtatgandi. Ispaniya esa Britaniyadan faqat ispanlar mamlakatga qaytib kelishi mumkinligi bo‘yicha vaqtincha chora-tadbir e’lon qilgandi. Chiliga yaqin o‘rtada Britaniyada bo‘lib qaytgan muhojirlar kirishi taqiqlangan. Hongkong Britaniya bilan har qanday aviaqatnovlarni amalga oshirmay turadi. Britaniyadan Bolgariyaga kirgan 650 kishi 10 kunlik karantinga olingan. Ko‘p o‘tmay Estoniya, Polsha va Shveysariya ham qirollik bilan qatnovlarni to‘xtatdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Isroil nafaqat britaniyaliklar uchun, balki qirollikda tarqalgan virus yetib borgani aytilayotgan Daniya va JAR fuqarolari uchun ham mamlakatga kirishni chekladi. Salvador Britaniya va JAR fuqarolariga mamlakatga kirishni vaqtincha taqiqladi.

21 dekabr holatiga ko‘ra, Avstriya, Argentina, Belgiya, Bolgariya, Germaniya, Isroil, Eron, Irlandiya, Kanada, Kolumbiya, Kuvayt, Latviya, Litva, Marokash, Niderlandiya, Ruminiya, Turkiya, Xorvatiya, Finlyandiya, Fransiya, Chili, Chexiya, Shveysariya, Estoniya va Saudiya Arabistoni Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatib bo‘lgandi.

Mutatsiyaga uchragan yangi turdagi koronavirus Britaniyada keng tarqalib bo‘lgan. Chunki yangi virus oldingisidan farq qilishi kech aniqlangan. Qirollik bo‘ylab cheklovlar e’lon qilingan, lekin odamlar orasidagi kontakt to‘liq uzilmagani tufayli yangi turdagi virus tarqalib ketgan. Hozirgacha virusning yangi shtammi allaqachon Italiya, Daniya, JAR va Avstraliyada ham aniqlangan.

Yangi shtammning tarqalishi Yevropa Ittifoqi va Britaniya o‘rtasidagi breksit masalasi bo‘yicha muzokaralarni ham to‘xtatib qo‘ydi. JSST Britaniyada tarqalayotgan yangi virusdan xavotirda ekanini ma’lum qilgach, mamlakat koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi namunalarini tashkilotga taqdim etgan. Britaniya bosh vaziri Boris Jonson London ma’lumotlar uzatishda, shuningdek, tahlillar natijalari va olib borilayotgan tadqiqotlar haqida xabardor qilishda davom etishini ma’lum qilgan.

«Biz ushbu virus turining xususiyatlari va har qanday oqibatlari to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlar haqida tashkilotga a’zo davlatlar va jamoatchilikni xabardor qilib boramiz», deyiladi JSST xabarida.

Yangi virus nega xavfli?

Yangi turdagi koronavirusning xavfliligi shundaki, u oddiy koronavirusdan tezroq tarqaladi. Shuningdek, u yangicha tarkibda bo‘lgani uchun shu vaqtgacha samarali bo‘lgan dorilar ta’sirida yo‘qolmasligi mumkin. Virusning yangi turi mutatsiyaga uchrash oqibatida paydo bo‘lgan. Uning mutatsiyaga uchrashiga odamlar o‘rtasidagi kontaktlar uzilmay qolgani va ko‘pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ygani sabab bo‘lishi mumkin.

Sentyabrda aniqlangan yangi shtamm Londonda shu qadar tez tarqaldiki, bugun poytaxtda koronavirus yuqtirganlarning 65 foizida aynan mutatsiyaga uchragan koronavirus aniqlangan. Boris Jonson maslahatchilariga tayanib ma’lum qilishicha, yangi virus oldingisidan 70 foizga yuqumliroq bo‘lishi mumkin.

Virus mutatsiyaga uchrashi yangilik emas. Uhanda tarqalgan koronavirus mutatsiyaga uchrab, fevralda yangi shtamm Yevropada juda keng tarqalib ketgandi. Butun dunyo bo‘ylab virusning aynan mana shu turi eng keng tarqaldi. Yozda dastavval Ispaniyada dam olayotgan sayyohlarda aniqlangan va keyinchalik keng tarqalgan A222V turdagi koronavirus ham mutatsiyaga uchragandi.

Olimlar yangi turdagi virus paydo bo‘lganining taxminiy sabablaridan yana birini ilgari surishdi. Unga ko‘ra, immuniteti sust bo‘lgan odamning tanasiga tushgan koronavirus rivojlanib, mutatsiyaga uchragan. Bu virus oldingisiga qaraganda ko‘proq o‘limlarga sabab bo‘lishi isbotlanmagan, lekin u yangi ekanining o‘zi shifokorlar uchun muammo tug‘dirishi aytilmoqda.

Olimlarning aytishicha, yangi shtamm oldingi virus uchun samarali bo‘lgan vaksina bergan immunitetga ham bosim o‘tkazishi mumkin. Bu esa xuddi grippda bo‘lgani kabi vaksinani doim o‘zgartirib turishni talab qiladi. Koronavirusga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksinalar esa insoniyatning baxtiga aynan o‘zgartirish uchun qulay...

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar