«Chevrolet Onix» mashinasining O‘zbekistondagi narxi 9−12 ming AQSh dollarini tashkil etmoqda.
«Chevrolet Onix» avtomobili «Matiz» avtomobilining o‘rnida ishlab chiqariladi. Bu haqda «Uzavto Motors» kompaniyasi direktori v. b. Rustam Rajabov ma’lumotlariga tayanib, kompaniyaning Asakadagi zavodidan «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Ushbu rusumdagi avtomobilni ishlab chiqarish uchun uskunlar o‘rnatiladi va mashinani ishlab chiqarish 2022 yil 4 chorak yakunida lokalizatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-2022 yillarda UzAuto Motorsning xorijiy sheriklari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar umumiy qiymati 177 mln dollar bo‘lgan loyihalar doirasida yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh qoldirish