Davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd so‘mga oshirilgan holda ko‘rsatilgan

Davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd so‘mga oshirilgan holda ko‘rsatilgan

Hisob palatasi tomonidan “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma bo‘yicha xulosasi tayyorlandi.

2021 yil uchun konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlarining jamlanma parametrlari tahlili Qonun loyihasining 1-ilovasi bilan 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2022–2023 yillarga byudjet mo‘ljallari ma’lumot uchun qabul qilinishi belgilangan.

Unga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 165 578 mlrd so‘mni tashkil etadi. Qonun loyihasining 5-ilovasiga asosan 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori 135 629,4 mlrd so‘mni tashkil etadi (shundan, 10 411,8 mlrd.so‘mi O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar).

Qonun loyihasining 6-ilovasiga asosan 2021 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining xarajatlari prognozlari 40 057,8 mlrd so‘mni tashkil etadi (shundan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar 595,8 mlrd.so‘mni tashkil etadi).

Tahlil natijasida, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning jami xarajatlari prognozi 164 679,8 mlrd so‘mni tashkil etgani holda, qonunning 1-ilovasidagi davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd so‘mga oshirilgan holda ko‘rsatilganligi aniqlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar