Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 27 210,5 mlrd.so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 26 852,8 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 246,6 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 111,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,3%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 9,3% tashqil qildi.
Hududlar kesimida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Farg‘ona tumanida (110,3%), Marg‘ilon (109,7%) va Farg‘ona (108,8%) shahararida kuzatilgan bo‘lsa, Quvasoy (100,1%), va O‘zbekiston (100,2%) tumanida esa aksincha pasayish qayd etildi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Farg‘ona (2 415,3 mlrd. so‘m) va Oltiariq (2 154,3 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Qo‘qon sh. (186,3 mlrd. so‘m) So‘x (467,4 mlrd. so‘m) tumanini va Marg‘ilon (393,7 mlrd. so‘m) shahrini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 6 788,4 ming so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 26 654,2 mdrd. so‘mni (yoki o‘tgan 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,3%ga o‘sishni), shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 15 592,2 mlrd. so‘m va chorvachilik mahsulotlari 11 061 ,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 41,5% chorvachilik, 58,5% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 780,1 ming tonna don va dukkaklilar, 835,3 ming tonna sabzavotlar, 259,2 ming tonna kartoshka, 64,5 ming tonna poliz, 314,5 ming tonna meva va rezavorlar, 114,6 ming tonna uzum shuningdek, chorvachilikda tirik vaznda 139,5 ming tonna go‘sht, 805,4 ming tonna sut, 475 mln. dona tuxum va 6,2 ming tonna baliqchilik ovlandi.
Izoh qoldirish