Farg‘ona viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Farg‘ona viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilning I choragida Farg‘ona viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $439 mln.ni shundan, eksport $129 mln. (tovarlar - $127 mln. , xizmatlar - $2 mln.) va import $310 mln. (tovarlar - $309 mln. , xizmatlar - $1 mln.)ni tashkil qilib, respublikada tashqi savdo aylanmasi ulushi bo‘yicha Toshkent shahri ($5 830 mln.), Toshkent viloyati ($1 386 mln.), Andijon ($1 227 mln.) va Samarqand ($594 mln.)dan keyin 5-o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,1% (eksport – -24,8%, import – -13,4%)ga kamayganini ko‘rsatdi.

Hozirgi kunda, Farg‘ona viloyati jahonning 62 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan 6 ta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan bo‘lib, Afg‘oniston, Eron va Tojikiston davlatlari shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlat bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2023 yil yanvar-mart oylarida MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi - $224 mln.ni, dunyoning boshqa davlatlari bilan esa $216 mln.ni tashkil qilgan. Mamlakatlar kesimida qaralganda, Farg‘ona viloyatining asosiy eksport ulushi Rossiya ($50 mln.), Turkiya ($12 mln.), Afg‘oniston ($10 mln.) va Qirg‘iziston ($10 mln.) davlatlari xissasiga, import ulushi esa Xitoy ($95 mln.), Rossiya ($81 mln.), Qozog‘iston ($47 mln.), va Turkiya ($13 mln.) davlatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan. Yuqoridagi keltirilgan raqamlar, viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2022 yilning mos davriga nisbatan, MDH davlatlari bilan 19,2% ga, boshqa davlatlar bilan 14.8%ga kamayganini anglatadi.

Viloyatdagi shahar va tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi dinamikasi tahlil qilinganda, Qo‘qon shahri ($86,3 mln.), Uchko‘prik tumani ($70,8 mln.) va Farg‘ona shahri ($67,4 mln.) yuqori ulush bilan oldingi o‘rinlarni egallagan. Xususan, 2023 yil I chorakda viloyatda jami eksportyorlar soni 381 tani tashkil qilib, maxsulot va xizmatlar eksportida, Qo‘qon shahri ($22 mln.), Uchko‘prik ($15 mln.) va Qo‘shtepa ($15 mln.) yaxshi natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa, Qo‘qon shahri ($64,4 mln.), Farg‘ona shahri ($56 mln.) va Uchko‘prik tumani ($56 mln.) import faoliyati bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichlarni qayd etgan.

Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini sanoat tovarlari (49,2%), oziq-ovqat maxsulotlari va tirik hayvonlar (24,5%), turli xil tayyor buyumlar (12,6%) tashkil etgan. Texnika vositalari va transport asbob-uskunalari (26,8%), sanoat tovarlari (23%) va mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash maxsulotlar (14%) import qilingan tovarlarning asosiy qismini tashkil qilgan.

Bahodir Xolmirzayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy hodimi

Tel: +99893 619 11 55

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar