Ichki ishlar xodimi fuqarolarning pasportini tekshirishga haqlimi?

Ichki ishlar xodimi fuqarolarning pasportini tekshirishga haqlimi?

"Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi Qonunga asosan ichki ishlar organlari o‘z xizmat majburiyatlarini amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish huquqiga ega.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa ushlab turilishi mumkin.

Bunday hollarda ichki ishlar organi xodimi (boshqa vakolatli shaxs):

  • o‘zini tanishtirishi va ushlab turilgan shaxsning talabiga ko‘ra o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi;
  • gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini ma’lum qilishi;
  • ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad etishga bo‘lgan protsessual huquqlarini tushuntirishi;
  • ushlab turilgan shaxsga u bergan ko‘rsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi;
  • ushlab turilgan shaxsdan yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart.

Ushbu protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart (kechiktirib bo‘lmaydigan hollardan tashqari).

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar