O‘zbekistonning ishbilarmonlik faolligi indeksi dekabr oyida o‘sish ko‘rsatkichidagi o‘rnini saqlab qoldi

O‘zbekistonning ishbilarmonlik faolligi indeksi dekabr oyida o‘sish ko‘rsatkichidagi o‘rnini saqlab qoldi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2021 yil dekabr oyida 1085 birlikni tashkil etib, o‘tgan yilning shu dariga nisbatan 8,5 foizga oshdi. Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2021 yilning dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 8,5 foizga oshib, 1085 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 13,6 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,7 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 8,6 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 5,9 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Jizzax viloyatida yana bir marta eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2021 yil dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududlarda o‘tgan oyga (2021 yil noyabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Jizzax (72,0%), Sirdaryo (51,3%), Xorazm (50,6%), Surxondaryo (46,6%) va Qashqadaryo (46,1%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2021 yil dekabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 875,8 ming tani tashkil etdi va 2021 yilning noyabr oyiga nisbatan 705,1 ming tranzaksiyaga (13,6%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda oshgan.

2021 yil dekabrda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Andijon (25,5%), Jizzax (21,7%), Qashqadaryo (20,1%), Samarqand (19,1%) va Surxondaryo (19,0%) viloyatlarida kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2021 yilning dekabr oyida IFIning birja komponenti 1,0859 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 8,6 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining (17,5%) oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2021 yil dekabr oyida 6 668,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 13,5 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2021 yil dekabr oyida 1,0065 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,7 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy o‘zgarib, 8,5 foizga oshgan.

2021 yil dekabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2021 yilning noyabr oyiga (569 275 birlik) nisbatan 4 236 taga ko‘payib, 573 511 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 16 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 458 538 tadan 462 834 tagacha oshgan (o‘sish 4 296 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 107 698 tadan 107 622 tagacha (kamayish 76 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 055 tani tashkil etib, 2021 yilning noyabr oyiga nisbatan 16 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2021 yil dekabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,0590 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021 yilning noyabr oyiga nisbatan 5,9 foizga oshgan. Joriy yilning dekabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 359 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1085

↑1,1365

↑1,0859

↑1,0065

↑1,0590

Jizzax viloyati

↑1720

↑1,2166

↑2,0000

↑1,0184

↑9,0000

Sirdaryo viloyati

↑1513

↑1,1542

↑2,0000

↓0,9960

↑3,0000

Xorazm viloyati

↑1506

↑1,1211

↑2,0000

↑1,0170

↑3,0000

Surxondaryo viloyati

↑1466

↑1,1896

↑2,0000

↓0,9988

↑1,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1461

↑1,2010

↑2,0000

↑1,0018

↓0,6667

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1441

↑1,1107

↑2,0000

↑1,0106

↑1,0000

Buxoro viloyati

↑1440

↑1,0978

↑2,0000

↑1,0005

↑1,1818

Andijon viloyati

↑1375

↑1,2552

↑1,6239

↑1,0107

↑2,1111

Namangan viloyati

↑1278

↑1,0931

↑1,6163

↑1,0152

↓0,8571

Samarqand viloyati

↑1261

↑1,1913

↑1,4992

↑1,0062

↓0,7692

Toshkent viloyati

↑1218

↑1,0757

↑1,4357

↑1,0040

↑1,5556

Farg‘ona viloyati

↑1152

↑1,1404

↑1,2801

↑1,0041

↓0,6538

Navoiy viloyati

↑1149

↑1,1169

↑1,3254

↑1,0048

↓0,2308

Toshkent shahri

↑1105

↑1,1262

↑1,1490

↑1,0062

↑1,0087

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1396

↑1,2124

↑1,5951

↑1,0848

↑3,1491

Jizzax viloyati

↑1924

↓0,9968

↑2,0000

↑1,0698

↑18,0000

Buxoro viloyati

↑1760

↓0,9851

↑2,0000

↑1,0234

↑13,0000

Toshkent shahri

↑1710

↑1,4745

↑1,8978

↑1,6232

↑2,5778

Andijon viloyati

↑1654

↓0,9125

↑1,3369

↑1,0443

↑19,0000

Farg‘ona viloyati

↑1606

↓0,9360

↑1,3405

↑1,0566

↑17,0000

Toshkent viloyati

↑1425

↓0,8461

↑2,0000

↑1,0713

↑3,1111

Sirdaryo viloyati

↑1394

↓0,8019

↑2,0000

↑1,0162

↑3,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1356

↓0,9407

↑1,6350

↑1,1486

↑4,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1331

↓0,9910

↑1,7503

↑1,0186

↑2,0000

Namangan viloyati

↑1263

↓0,9135

↑1,5424

↑1,0757

↑3,0000

Surxondaryo viloyati

↑1236

↓0,9431

↑1,6076

↑1,0589

↑1,0000

Navoiy viloyati

↑1204

↓0,8274

↑1,4753

↑1,0646

↑3,0000

Xorazm viloyati

↑1093

↓0,8956

↑1,1103

↑1,1137

↑3,0000

Samarqand viloyati

↑1009

↓0,9649

↓0,9664

↑1,0980

↑1,4286

Ruslan Abdullayev, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar