Infografika: Xorazm viloyatining besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Infografika: Xorazm viloyatining besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilganidek, Xorazm viloyatida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borildi. Qishloq xo‘jaligi, yirik sanoat korxonalari, transport-kommunikatsiya tizimi, kichik biznes salohiyati tufayli Xorazm viloyati mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

Keyingi yillarda viloyatda yangi korxonalar, kichik biznes sub’yektlari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Turizm, to‘qimachilik sanoati, baliqchilik, parrandachilik, irrigatsiya va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Uy-joylar, shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalari qurildi. Ko‘plab loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

2017-2020 yillar davomida viloyat yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 17% ga oshib, 21,6 trillion so‘mni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,8 trillion so‘mdan 9,6 trillion so‘mgacha (o‘sish 46%) oshdi.

To‘qimachilik, avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati, sayyohlik, xizmat ko‘rsatish va issiqxonalar Xorazm viloyatining asosiy "o‘sish nuqtalari" sifatida belgilangan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,7% ga, 2016 yildagi 7,7 trln. so‘mdan 2020 yilda 17 trln. so‘mgacha o‘sdi.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2016 yildagi 19,4 mingdan 2020 yilda 24,1 minggacha 25% ga o‘sdi.

Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 50 km gaz quvurlari va 3 304 km suv ta’minoti tarmoqlari yotqizildi.

O‘tgan besh yil mobaynida Xorazm viloyatida 109 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.

Shu davr mobaynida viloyatda 3 930 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 12,3 ming, maktablarda 45,9 ming, shifoxonalarda 2,2 ming o‘ringa mo‘ljallangan koyekalar tashkil etildi.

Xorazm viloyatida umumiy qiymati 9,3 trln. so‘mlik 685 investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 14 909 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar