Ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori qancha?

Ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori qancha?

Prezidentning PF-6126-sonli farmoni bilan Prezidentning PQ-4701-sonli qaroriga (https://www.lex.uz/docs/4803527) o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga bo‘linmagan (korobka) holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori quyidagicha belgilandi:

- Toshkent shahrida – umumiy maydoni 60 m² gacha bo‘lgan kvartiralar uchun – 264 mln so‘m, 60 m² dan ortiq bo‘lganlari uchun – 352 mln so‘m;

- boshqa hududlarda – umumiy maydoni 60 m² gacha bo‘lgan kvartiralar uchun – 240 mln so‘m, 60 m² dan ortiq bo‘lganlari uchun - 320 mln so‘m.

Shuningdek, Farmon bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

- 2020 yildagi subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari doirasida subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar va to‘lov muddati 2021 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi;

- subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga boshqa shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkinligi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, ish haqidan ipoteka krediti to‘lansa, Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra, uy-joy qiymati 300 mln. so‘mgacha bo‘lsa va yana boshqa shartlar asosida imtiyoz beriladi.

Shuningdek, Markaziy bank 2020 yilda tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari to‘g‘risida ma’lumot bergan edi. Qayd etilishicha, hududlar kesimida hisoblaganda bunday kreditlarning eng ko‘p miqdori Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar