Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil may oyida quyidagilarni tashkil etdi:
- 2020 yil aprel oyiga nisbatan – 1056 birlikni (o‘sish – 5,6%);
- 2019 yilning may oyiga nisbatan – 930 birlikni (pasayish – 7,0%);
- 2015 yil yanvar oyiga nisbatan – 1390 birlikni (o‘sish – 39,0%).
Joriy yilning may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi karantin cheklovlarining aprel oyida sodir bo‘lgan tarixiy pasayishdan mo‘’tadil darajada bo‘lsada oshganligi kuzatildi. Bu esa iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi tiklana boshlaganligidan dalolat beradi. Shunga qaramay, IFI ko‘rsatkichlari haligacha o‘tgan yilning shu oyiga va bazis davriga nisbatan retsessiya darajasida qolmoqda.
1-rasm. 2020 yilning may oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 5,6 foizga oshgan
Komponentlar darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan
2020 yilning may oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 5,6 foizga mo‘tadil ravishda o‘sib, 1056 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 7,6 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,5 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 3,0 foizga kamaygan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 2,3 barobarga oshgan.
Hududlar kesimida Buxoro viloyatida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan
2020 yil may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning barcha hududlarida o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Xususan, Buxoro (43,8%), Surxondaryo (40,1%), Samarqand (35,3%), Jizzax (32,0%), Andijon (29,2%), Qashqadaryo (24,2%), Navoiy (24,1%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (22,8%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).
2-rasm. 2020 yil may oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2020 yil may oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 054,8 ming tani tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 287,3 ming tranzaksiyaga (7,6%) ko‘paygan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,7 foizga keskin kamayish kuzatilmoqda. IFIning ushbu komponenti bazis davr (2015 yil yanvar) bilan solishtirganda 6,4 foizga kamaygan.
Samarqand va Andijon viloyatlaridan tashqari barcha hududlarda banklararo to‘lov operatsiyalari soni oshgan.
2020 yil may oyida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan Samarqand va Andijon viloyatlaridan tashqari barcha hududlar bo‘yicha oshgan. Sezilarli darajadagi o‘sish Namangan (13,9%), Farg‘ona (13,9%), Jizzax (10,4%) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (12,3%) kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2020 yilning may oyida IFIning birja komponenti 0,970 birlikni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 3,0 foizga pasayishi kuzatildi. Ushbu komponentning pasayishi bitimlar sonining kamayganligi bilan bog‘liq.
May oyi natijalariga ko‘ra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 24 082 ta bitim imzolangan bo‘lib, aprel oyiga (51 027 ta) nisbatan 26 945 ta bitimga (2,1 barobar) kamaygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil may oyida 3 332,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 11,4 foizga oshgan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2020 yil may oyida 1,0047 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,5 foizga oshgan.
2020 yil may oyida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga nisbatan 7 467 taga ko‘payib, 464 300 tani (2020 yilning aprel oyida 456 833 ta) tashkil etdi.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni 87 taga kamaygan
Hisobot davrida kichik korxonalar soni 362 583 tagacha yetib, o‘tgan oyga nisbatan 6 882 taga oshgan. Fermer xo‘jaliklari soni 97 983 tadan 98 655 tagacha (672 taga) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 062 tani tashkil etib, 2020 yil aprel oyiga nisbatan 87 taga kamaygan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2020 yil may oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 2,333 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 2,3 barobarga oshgan. Joriy yilning may oyida yuridik shaxslar tomonidan 42 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
Hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Hududlar |
IFI | Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent | Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent | Tovar belgilari bo‘yicha komponent |
Buxoro viloyati | ↑1438 | ↑1,1042 | ↑2,0000 | ↑1,0090 | ↑1,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1401 | ↑1,0549 | ↑2,0000 | ↑1,0529 | ↓0,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1353 | ↓0,8660 | ↑2,0000 | ↓0,9991 | ↑1,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1320 | ↑1,1316 | ↑1,6027 | ↑1,0137 | ↑2,0000 |
Andijon viloyati | ↑1292 | ↓0,9618 | ↑1,6971 | ↓0,9859 | ↑2,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1242 | ↑1,0104 | ↑1,6657 | ↑1,0101 | ↓0,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1241 | ↑1,0620 | ↑1,5330 | ↑1,0299 | ↑1,0000 |
Toshkent shahri | ↑1228 | ↑1,1231 | ↑1,2778 | ↑1,1709 | ↑2,2143 |
Farg‘ona viloyati | ↑1218 | ↑1,1390 | ↑1,4258 | ↓0,9954 | ↑1,0000 |
Namangan viloyati | ↑1183 | ↑1,1386 | ↑1,3288 | ↑1,0113 | ↑1,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1162 | ↑1,0365 | ↑1,4432 | ↑1,0065 | ↓0,0000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1122 | ↑1,0438 | ↑1,3393 | ↑1,0045 | ↓0,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1118 | ↑1,0328 | ↑1,3512 | ↓0,9818 | ↓0,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1105 | ↑1,0834 | ↑1,1088 | ↑1,0084 | ↑2,0000 |
Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan o‘zgarishi
Hududlar |
IFI | Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent | Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent | Tovar belgilari bo‘yicha komponent |
Sirdaryo viloyati | ↑1299 | ↓0,6406 | ↑2,0000 | ↑1,2472 | ↓0,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1266 | ↓0,8246 | ↑1,6691 | ↑1,4078 | ↓0,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1233 | ↓0,7866 | ↑1,4955 | ↑1,3608 | ↑2,0000 |
Toshkent shahri | ↑1199 | ↓0,9662 | ↑1,4793 | ↑1,1763 | ↓0,3523 |
Navoiy viloyati | ↑1142 | ↓0,8637 | ↑1,2376 | ↑1,4283 | ↑1,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1055 | ↓0,6315 | ↑1,4417 | ↑1,1557 | ↓0,1111 |
Buxoro viloyati | ↑1001 | ↓0,7108 | ↑1,1312 | ↑1,2259 | ↑1,0000 |
Namangan viloyati | ↓991 | ↓0,7715 | ↑1,1323 | ↑1,1938 | ↓0,1667 |
Samarqand viloyati | ↓953 | ↓0,6862 | ↓0,9817 | ↑1,3168 | ↑1,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↓930 | ↓0,7333 | ↑1,0663 | ↑1,1241 | ↓0,0000 |
Xorazm viloyati | ↓930 | ↓0,8035 | ↓0,9596 | ↑1,2057 | ↓0,0000 |
Andijon viloyati | ↓922 | ↓0,7873 | ↓0,8722 | ↑1,0788 | ↑2,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↓903 | ↓0,7090 | ↓0,9449 | ↑1,1894 | ↓0,5000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↓747 | ↓0,6899 | ↓0,6382 | ↑1,1388 | ↓0,0000 |
Izoh qoldirish