Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi: Aholi ayrim uyali aloqa operatorlari borligi haqida hatto bexabar

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi: Aholi ayrim uyali aloqa operatorlari borligi haqida hatto bexabar

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mutaxascisilari tomonidan Respublika miqyosida aloqa va internet sifatini o‘rganish bo‘yicha jamoatchilik nazorati monitoringi o‘tkizildi.

Unga ko‘ra, Uzmobile, Mobiuz, Beeline, Usell, Perfectum singari xizmat ko‘rsatuvchi aloqa kompaniyalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi holat bo‘yicha quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 238 ta MFY bo‘lsa, shundan Uzmobile aloqa vositasidan 115ta MFY aholisi norozi 123 tasi qoniqarli holatda.

Mobiuz Qoraqalpog‘iston Respublikasining bitta mahallasida mutlaqo mavjud yemas. 119 tasida esa mutlaqo qoniqarsiz 118 ta sida qoniqarli.

Beeline kompaniyasidan 3 ta mahalla foydalanmaydi, 150 ta MFYda esa qoniqarsiz. Qolgan 85 tasida qoniqarli.

Usell kompaniyasidan esa hududning 153 ta mahallasi norozi, 85 tasida esa qoniqarli.

Xorazm viloyati misolida aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda viloyatda 479 ta mahalla mavjud. Ularning 161 tasida Uzmobile aloqa operatorining xizmati mutlaqo qoniqarsiz.

196 ta hudud aholisi esa Mobiuz aloqa kompaniyasi haqida hatto bilishmaydi, qolgan 237 ta mahallada qoniqarli holatda.

Viloyatdagi 7 ta mahallada Beeline aloqa operatoridan mutlaqo foydalanmaydi, qolgan 296 tasida qoniqarsiz, 176 ta mahallada yesa holat yaxshi.

Perfectum aloqa operatorlari xizmatidan esa aholi norozi.

Yuqoridagi ma’lumot shunchaki raqamlar emas, bu bizning fojiamiz aslida. Butun dunyo yoshlari allaqachon yangi kashfiyotlar ustida bosh qotirayotgan bir paytda bizning kelajagimiz deb atayotgan yoshlarimiz hech bo‘lmaganda internet imkoniyatlaridan foydalana olmayapti. Yoki onlayn ta’lim biz uchun emas-mi? Bunday vaziyatga loqaydlik bilan qarab, qo‘l qovushtirib o‘tiradigan bo‘lsak, katta yo‘qotishlarni boshdan kechirishimiz aniq.

Aziza Xo‘jakeldiyeva
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini
Himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Matbuot xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar