Infografika: Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil yakunlari

Infografika: Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil yakunlari

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 23 999,6 mlrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 23 408,5 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 349,7 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 241,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 103,4% ni (9-o‘rin), respublikadagi ulushi 6,6% ni (10-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari G‘allaorol (111,0%), Paxtakor (106,8%) va Yangiobod (106,1%) tumanlarida qayd etildi.

Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 54 foizi G‘allaorol (14%), Baxmal (13%), Sh.Rashidov (10%), Zomin (9%) va Do‘stlik (8%)tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ulushi 51,9% ni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 1,6 punktga kamaygan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 16 444 ming so‘mni (2-o‘rin) tashkil etdi.

Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori ko‘rsatkichlari Zafarobod (29 841 ming so‘m), Do‘stlik (28 558 ming so‘m) va Arnasoy (27 977 ming so‘m) tumanlarida, eng past ko‘rsatkichlar Jizzax shahri (1 601 ming so‘m), Sharof Rashidov (10 331 ming.so‘m) va Zomin (12 674 ming.so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 65,5% dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida, 28,7% fermer xo‘jaliklarida hamda 5,8% qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tmonidan yetishtirildi.

Hisobot davrida 237,8 ming tonna tirik vaznda go‘sht (2021 yilga nisbatan +3,2%), 673,8 ming tonna sut (+3,6%), 386,6 mln. dona tuxum, 14 ming tonna baliq (+2,25%) mahsulotlari yetishtirildi.

Sohada kichik biznes ulushi 98,3% ni tashkil eib, faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 23 233 ta ga yetib, viloyatdagi jami korxonalarning 51%ni tashkil etdi. Shuningdek viloyatda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 22 ta qo‘shma korxona va 19 ta xorijiy korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xo‘jaqulov Ulug‘bek
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar