O‘tgan to‘qqiz oy davomida Jizzax viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 10 401,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 32 foizi korxona va aholi mablag‘lari, 45 foizi xorijiy investitsiyalar, 13 foizi davlat byudjeti va 10 foizi bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida ishlab chiqarish, ya’ni, mashina, asbob-uskunalar va inventarlar xarajatlari 62,8 foizni, noishlab chiqarish - qurilish-montaj ishlari xarajatlari 30,7 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 31 foizi (3222 mlrd so‘m) Forish tumaniga, 21 foizi (2134 mlrd so‘m) G‘allaorol tumaniga to‘g‘ri keladi.
Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish