Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 18 904,5 mlrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 18 489 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 227,8 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 187,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 105,2% ni, respublikadagi ulushi 6,4% ni (10-o‘rin) tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Do‘stlik (115,9%), Zafarobod (108,7%) va Arnasoy (107,4%) tumanlarida qayd etildi.
YaHM tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ulushi 48,3% ni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 3,6 punktga kamaygan.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 12 707,5 ming so‘mni (3-o‘rin) tashkil etdi.
Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori ko‘rsatkichlari Do‘stlik (24 885 ming so‘m), Arnasoy (21 062 ming so‘m) va Zafarobod (20 119 ming so‘m) tumanlarida, eng past ko‘rsatkichlar Jizzax shahri (1 478 ming so‘m) va Sharof Rashidov (8 416ming.so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 67% dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida, 27,9% fermer xo‘jaliklarida hamda 5,1% qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan yetishtirildi. Sohada kichik biznes ulushi 0,2 foiz punktiga kamayib 98,6% ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish