“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2021 yilda modernizatsiya va rekonstruksiya dasturi asosida jami 17 ta podstansiyada qo‘shimcha 1 568 MVA (megavolt amper) quvvat oshirish rejalashtirilgan.
Xususan, joriy yilning birinchi yarim yilligida 7 ta podstansiyada yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib, podstansiyalarda qo‘shimcha 631 MVA quvvat oshirilgan.
- Toshkent viloyati “Chirchiq” podstansiyasida 150 MVA;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Beruniy” podstansiyasida 125 MVA;
- Xorazm viloyati “Xorazm” podstansiyasida 75 MVA;
- Farg‘ona viloyati “O‘zgarish” podstansiyasida 50 MVA;
- Buxoro viloyatida “Quyimozor” podstansiyasida 63 MVA;
- Qashqadaryo viloyatida “Amir Temur” podstansiyasida 125 MVA;
- Navoiy viloyatida “Gornaya” podstansiyasida – 43 MVA yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib ishga tushirildi va 631 MVA quvvatga oshirildi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 10 ta yuqori kuchlanishli podstansiyada 1000 MVA qo‘shimcha quvvat oshirilishi kutilmoqda, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati, “Qarshi” podstansiyasida 75 MVA;
- Buxoro viloyati, “Quyimozor” podstansiyasida 127 MVA;
- Samarqand viloyati, “Samarqand” podstansiyasida 9 MVA;
- “Kattaqo‘rg‘on” podstansiyasida 75 MVA;
- Navoiy viloyati, “Ximiya” podstansiyasida 200 MVA;
- “Gornaya” podstansiyasida 43 MVA;
- Farg‘ona viloyati, “Farg‘ona” podstansiyasida 75 MVA;
- Toshkent shahri, “Yuksak” podstansiyasida 23 MVA;
- Surxondaryo viloyati, “Sherobod” podstansiyasida 249 MVA; 10. Jizzax viloyati, “DNS” - 2 podstansiyasida 124 MVA qo‘shimcha quvvat oshiriladi.
Joriy yil yakuniga qadar 3 ta investitsiya loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Xususan:
- “O‘zbekiston hududida joylashgan 500 kVli “G‘uzor–Regar” (L-507) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini tiklash” investitsiya loyihasi.
- “500 kV Surxon–Puli-Xumri (Xo‘ja-Alvon) elektr tarmog‘ini qurish loyihasi doirasida 500 kVli “Surxon” podstansiyasidagi ochiq taqsimlovchi qurilma (OTQ)ni kengaytirish” investitsiya loyihasi.
- “Pop–Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining tashqi ob’yektlarini elektr ta’minoti bilan ta’minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi.
“O‘zbekiston MET” AJ tomonidan joriy yilning birinchi yarimyilligida jami 398,6 mlrd. so‘mli loyihalar foydalanishga topshirildi.
Izoh qoldirish