Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmi 55 ming tonnaga yetkaziladi

Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmi 55 ming tonnaga yetkaziladi

Mavzu yuzasidan AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi o‘rinbosari Abror Boyev elektrotexnika tarmog‘i korxonalarining Respublikada erishgan ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning birinchi yarim yilligida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 7,1 trln so‘mni tashkil etdi (respublika sanoatida bu soha ulushi – 4,1 foiz). 2020 yilning tegishli davriga nisbatan 133 foiz o‘sishga erishilganligini ko‘rsatadi.

Tahlillar o‘tgan davr ichida elektrotexnika sanoati korxonalari Respublika sanoatida eng yuqori o‘sish sur’atlarini qayd etganini ko‘rsatdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida soha korxonalari tomonidan 25 ming tonnaga yaqin (24,8 ming tonna) mis xomashyosi chuqur qayta ishlangan. Joriy yil yakuniga borib esa ishlab chiqarish hajmi 16,7 trln so‘mga (2020 yilga nisbatan 122 foizga) oshirish belgilangan.

Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 55 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Investitsiya dasturi doirasida birinchi yarim yillikda 81,0 mln dollar, rejaga nisbatan - 2,3 barobar investitsiyalar, shundan 52 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib, rejaga nisbatan 4 barobarni tashkil etdi.

Loyihalar doirasida ventilyator, elektron tarozilar, elektr choynaklar, sanoat muzlatgichlari, trancformator shitlari, elektr dvigatellari, akkumulyator va boshqa shu kabi mahsulotlar o‘zlashtirilib, 1,0 trln. so‘mlik qo‘shimacha ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi.

Joriy yilning yakuniga qadar 143 mln dollar investitsiyalar, shundan 55 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtiriladi.

Shuningdek, 45 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi va 3 000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Bugungi kunga qadar 18 ta loyiha foydalanishga topshirildi.

Joriy yilning o‘tgan birinchi yarim yillik yakunlari bilan mahsulotlar eksporti 237 mln. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 2 barobarga oshgan.

Joriy yil yakuniga mahsulotlar eksportini 500,0 mln dollarga yetkazish maqsad qilib olingan.

Hozirgi paytda sohada yangi investitsiya loyihalari va istiqbolli yo‘nalishlar ustida ish olib borilmoqda. Bu esa “Elektronika va avtomatika”, “Yashil” energetika” va shunga o‘xshash bir qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar