Bunda o‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish pirovard vazifa etib belgilangan.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi boshchiligida “MISiS”ning Olmaliq filiali hamda Germaniyaning dunyoga mashhur tog‘-kon metallurgiya sohasida 110 yillik boy tarixga ega bo‘lgan “Zeppelin” kompaniyasi bilan o‘zaro keng ko‘lamli hamkorlik haqida bitim imzolandi. “MISiS” ushbu nemis kompaniyasining O‘zbekiston OTMlari orasida ilk hamkoridir.
Ko‘p vaqt o‘tmay ushbu kelishuv o‘z ijobiy natijalarini berdi. Xususan, MISiSning Olmaliq filialida ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida yevropalik hamkorlar tomonidan eng zamonaviy trenajer simulyatorlar, multimediya va kompyuter texnikalari hamda qator boshqa uquv-uslubiy uskunalar bilan jixozlangan qiymati deyarli 100 ming yevroga yaqin ishlab chiqarish laboratoriyasi tashkil etib berildi.
Bundan tashqari, kelgusida xorijiy hamkorlar “MISiS”da xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quv ma’ruzalarini tashkil qilish, yuqori darajadagi qurilish uskunalarida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun simulyatorlar bilan ta’minlashni rejalashtirgan.
“Zeppelin” O‘zbekistonda ta’lim loyihalari hamda tog‘-kon va texnologiya universitetlariga homiylik qilish uchun katta resurslar ajratishga tayyor. Bizning O‘zbekiston OTMlari bilan ta’lim loyihalarimiz nafaqat amaliy tajriba almashish va sanoat rivojiga hissa qo‘shish, balki kelajakdagi yosh mutaxassislar bilan muloqot qilishdan kuch-g‘ayrat olish imkoniyati hamda konchilikka yangi nuqtai nazar bilan qarashdir», - deydi «Zeppelin Central Asia Machinery» vakili Mixail Konsevenko.
Izoh qoldirish