Konferensiya ikki bosqichda o‘tkazildi, birinchi bosqichda talabalar turli yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalar sessiyalarida taqdimotlar qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bu yerda universitet mutaxassislari bo‘lajak olimlarning ishlarini baholadilar.
Konferensiyaning yalpi majlisini tantanali nutq bilan MTTU “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor Umarov F. Ya. ochib berdi.
Ikkinchi bosqichda talabalar interfaol texnologiyalardan foydalangan holda o‘zlarining ilmiy ma’ruzalarini izchil taqdim etdilar.
Seksiya majlislari quyidagi to‘rtta yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi:
1) Tog‘ - kon sanoatida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tog‘ - kon uskunalarini rivojlantirish istiqbollari.
2) Zamonaviy metallurgiyaning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari. Kelajak materiallarini olish texnologiyasi.
3) Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun axborot texnologiyalari.
4) Matematik modellashtirish va tabiiy fanlar. Muhandislik mutaxassisliklari talabalari uchun zamonaviy ta’lim va ingliz tilini o‘qitish.
Seksiya majlislarida 85 ta ma’ruza tinglandi va muhokama qilindi. Filialimizning tobora ko‘proq talabalari ilm-fan sohasida o‘z kasblarini topib, ilmiy faoliyatini davom ettirishga qaror qilmoqdalar.
"78-chi MISIS MTTU Fan kunlari" doirasida o‘tkazilgan III Yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasida 95 ta ilmiy ma’ruza taqdim etildi.
Yalpi va seksiya majlislaridagi taqdimotlar natijalariga ko‘ra eng qiziqarli ma’ruzalar muallifi bo‘lgan 27 nafar talaba 1, 2, 3 darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Izoh qoldirish