«MISiS»ning Olmaliq filialida o‘qiyotgan ilg‘or talabalar uchun 3 xil stipendiya joriy qilinadi

«MISiS»ning Olmaliq filialida o‘qiyotgan ilg‘or talabalar uchun 3 xil stipendiya joriy qilinadi

Viloyat hokimiga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov va shahar hokimi Qobil Hamdamov hamrohlik qildi.

Dastlab mehmonlarga filialda raqamli muhitni yaratish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida taqdimot qilindi. Filialning 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari, ularning “OKMK”da amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar bilan uyg‘unligi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng mehmonlar bu yerda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Zoyir Mirzayev ilmiy-tadqiqot va o‘quv-tajriba xonalarini ko‘zdan kechirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mas’ullar bilan suhbatlashdi. Ayniqsa, filial huzurida tashkil etilgan “Gis-geomiks” ilmiy-o‘quv va muhandislik markazida olib borilayotgan tadqiqot ishlariga alohida qiziqish bildirildi.

Hozirgi kunda filial professor-o‘qituvchilari tomonidan Respublikamiz kon-metallurgiya sanoati korxonalari muammolari yuzasidan jami 810 million so‘mlik xo‘jalik shartnomalari imzolangan va Innovatsion rivojlanish vazirligi e’lon qilgan amaliy mavzu bo‘yicha 1 milliard 288 million so‘mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalarida yuzaga kelayotgan ilmiy muammolar bo‘yicha 1,5 milliard so‘mdan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

– Eng izlanuvchan va intiluvchan yoshlarimiz dunyoning eng ilg‘or tajribalarini borib o‘zlashtirsin, – dedi Zoyir Mirzayev. – Bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini o‘zimizda tatbiq etsin. Shu bilan birga, yoshlar milliyligimiz va ma’naviyatimizni unutmasligi kerak. Mana shunday yoshlar uchun "Viloyat hokimi stipendiyasi"ni joriy etamiz.

Shuningdek, suhbat mobaynida innovatsion g‘oyalar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi va texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha “OKMK” AJning stipendiyalari berilishi bo‘yicha dastur tayyorlanadigan bo‘ldi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar