Moliya vazirligi joriy yilda ajratilgan ipoteka kreditlari miqdorini e’lon qildi

Moliya vazirligi joriy yilda ajratilgan ipoteka kreditlari miqdorini e’lon qildi

Moliya vazirligi bozor shartlari asosida ipoteka kreditlash orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha 2021 yil 1 iyun holatiga ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2020-2021 yillarda jami 3047 mlrd. so‘m, joriy yilda 1580 mlrd. so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan.

Ushbu kreditlar tijorat banklari bo‘yicha quyidagicha ajratilgan:

  1. Ipoteka bank - 1138 mlrd. so‘m
  2. QQB - 506 mlrd. so‘m
  3. O‘zmilliybank - 258 mlrd. so‘m
  4. Xalq banki - 212 mlrd. so‘m
  5. Oriyent finans bank - 186 mlrd. so‘m
  6. Boshqa banklar 747 mlrd. so‘m.

Ushbu kreditlar hududlar bo‘yicha quyidagicha ajratilgan:

  1. Samarqand 597 mlrd. so‘m
  2. Toshkent shahri 535 mlrd. so‘m
  3. Farg‘ona 342 mlrd. so‘m
  4. Surxondaryo 290 mlrd. so‘m
  5. Andijon 276 mlrd. so‘m
  6. Boshqa viloyatlar 1007 mlrd. so‘m.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar