Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi paxta yog‘i narxining oshishi sababini aniqladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi paxta yog‘i narxining oshishi sababini aniqladi

Birja savdolarida texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib sun’iy oshirish va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 34 ta paxta-to‘qimachilik klasterlariga nisbatan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan paxta yog‘i narxlari keskin oshganligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishga ko‘ra, joriy yil aprel oyi davomida birja savdolariga 40ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan texnik chigit savdolarga qo‘yilganligi hamda qo‘yilayotgan texnik chigitning boshlang‘ich narxlari aprel oyida o‘rtacha 38 foizga ko‘tarilganligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘simlik yog‘i narxining oshishiga asosan kungaboqar urug‘lari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bog‘liq tashqi muhit ta’sir ko‘rsatayotgani aytilgan edi.

"Ammo, ayrim paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta chigiti narxini asossiz oshirishdi, bu esa o‘z ta’sirini paxta yog‘ining narxiga ham ko‘rsatdi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ichki bozorda narxlar bo‘yicha doimiy monitoring olib bormoqda. Xususan, hafta oxiriga kelib respublikada bir litr o‘simlik yog‘ining o‘rtacha narx 0,5% ga pasayib, 19 104 so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha narxlar diapazoni Andijon viloyatida bir litr uchun 17 218 so‘m, Toshkent shahrida 20 596 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarib bordi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar