Olti kun davomida o‘ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazadi

Olti kun davomida o‘ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazadi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.Xudaybergenov rahbarligida tuzilgan Respublika ishchi guruhi shu yilning 11-16 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazadi.

Prezident Administratsiyasi mas’ullari bilan birga, quyidagi vazirlik, qo‘mita va respublika tashkilotlari rahbarlari aholini qabul qiladi:

  • Vazirlar Mahkamasi
  • Oliy sud
  • Sudyalar Oliy kengashi
  • Bosh prokuratura
  • Davlat soliq qo‘mitasi
  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
  • Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
  • Ichki ishlar vazirligi
  • Moliya vazirligi
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
  • Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
  • Xalq ta’limi vazirligi
  • Maktabgacha ta’lim vazirligi
  • Qurilish vazirligi
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
  • Markaziy bank
  • Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi
  • “O‘zbektelekom” AJ
  • “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
  • "Hududgazta’minot" AJ
  • “O‘zsuvta’minot” AJ
  • Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
  • Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman)
  • Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladigan ommaviy qabullar jadvali

Aholi keladigan

hududlar nomi

Sayyor qabul o‘tkaziladigan joy

Sana va vaqti

Qumqo‘rg‘on,

Bandixon va Sho‘rchi

“Yangi yer” MFY, 20-sonli musiqa va san’at maktabi binosida

11 iyun

soat 10:00 dan

Denov,

Oltinsoy

“Istiqbol” MFY,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti binosida

12 iyun

soat 10:00 dan

Sariosiyo,

Uzun

“Shoxjahon” MFY,

Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi binosida

13 iyun

soat 10:00 dan

Jarqo‘rg‘on,

Termiz, Termiz sh.

“Surxon sohili” MFY, Madaniyat uyi binosida

14 iyun

soat 10:00 dan

Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq

“Madaniyat” MFY,

Monomarkaz binosida

15 iyun

soat 10:00 dan

Boysun

“O‘rta Machay” MFY,

oilaviy poliklinika bog‘ida

16 iyun

soat 10:00 dan

Keyingi viloyatlardagi ommaviy qabullar haqida oldindan ma’lum qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar