Surxondaryo viloyatining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ko‘rsatkichlari tahlili

Surxondaryo viloyatining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ko‘rsatkichlari tahlili

2023 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 21,2 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,5%ga pasaygan. Hududlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning eng ko‘p ulushi Termiz shahrida bo‘lib jamiga nisbatan 20,0% ni tashkil etdi.

Joriy davrda har 1000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soni 9,8 birlikni tashkil qildi. Hududlar kesimida har 1000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik tadbirkorlik sub’yektlari sonining eng yuqori ko‘rsatkichi Termiz tumani (19,5 birlik) va Termiz shahrida (19,3 birlik) qayd etildi.

Shuningdek, 2023 yilning 9 oyi mobaynida 2653 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilinib, o‘tgan yilga nisbatan 19,2%ga pasaydi.

Hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning yuqori ulushi Termiz shahri – (jamiga nisbatan 20,9%), Denov – (10,1%) va Sherobod – (9,8%) tumanlarida qayd etildi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar soni savdo sohasida 1 155 ta, sanoatda 412 ta hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 285 ta yangidan tashkil etilgan.

YaHM tarkibida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi 76,7% ni tashkil qilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 0,3%ga ko‘paygan.

Tahlil davrida jami sanoat ishlab chiqarishning 48,1%i, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining 96,7%, qurilish ishlari umumiy hajmining 90,7%, xizmatlar hajmining 63,6%, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 53,9% kichik tadbirkorlik sub’yektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023 yilning yanvar – sentyabr oylarida kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot eksporti hajmi 109,8 mln AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 74,7%ini tashkil qilgan.

Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar