O‘zbekistonda bank hisobvaraqlariga ko‘proq kimlar ega? Keksalarmi yoki yoshlar

O‘zbekistonda bank hisobvaraqlariga ko‘proq kimlar ega? Keksalarmi yoki yoshlar

Markaziy bank bank hisobvarag‘iga ega bo‘lgan katta yoshli aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshdan oshgan o‘zbekistonliklarning 71,4%i bank hisobvaraqlariga ega.

Mazkur grafikda Respublikamizning muomalaga layoqatli aholisini yosh qatlamlari bo‘yicha bank hisobvarag‘lariga egaligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda jami 22,8 mln. layoqatli aholining 71,4 foizida yoki 16,3 mln. kishida (shundan erkaklar va ayollar mos ravishda 8,2 va 8,1 mln. kishi) bank hisob varag‘i mavjudligi qayd etilgan.

Bank hisobvarag‘iga ega bo‘lgan katta yoshli aholi soni to‘g‘risida
MA’LUMOT

ming kishi

Shuningdek, mazkur ko‘rsatkich yosh qatlamlari bo‘yicha tahlil qilinadigan bo‘lsa, 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan layoqatli aholining 64,0 foizi, 30-39 yosh oralig‘idagi aholining 77,8 foizi, 40-49 yosh oralig‘idagi aholining 69,5 foizi, 50-54 yosh oralig‘idagi aholining 69,8 foizi o‘z bank hisobvarag‘lariga ega bo‘lsa, pensiya yoshidagi aholi qatlamlari uchun ushbu ko‘rsatkich nisbatan yuqori shakllanganligini aytib o‘tish mumkin.

E’tiborlisi, yosh guruhlari bo‘yicha hisoblaganda, bank hisobvarag‘iga ega qariyalar ulushi yoshlarning tegishli ulushiga qaraganda ko‘proqni tashkil etgan.

Masalan, 18-29 yoshdagilarning faqat foizi bank hisobvarag‘iga ega bo‘lsa, 60-69 yoshdagilarning 83,7 foizi bank hisobvarag‘lariga ega.

Yana bir e’tiborli jihat 30-39 va 40-49 yoshli guruhlarda bank hisobvarag‘iga ega ayollarning bank hisobvarag‘iga ega erkaklarga nisbatan yuqori ulushga ega ekani bilan bog‘liq.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar