21—22 oktyabr kunlari respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.
Respublika Gidrometeorologiya markazi 21—22 oktyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib kelishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shu kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.
Havo harorati 10-13 darajaga, 21 oktyabrda kunduz kuni 8-13 daraja iliqqacha, 22 oktyabrda kechasi 2 daraja sovuq—3 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.
21—22 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish