O‘zgidromet axborot xizmati ma’lum qilishicha, joriy yilning 12-15 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.
12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.
Tog‘ va tog‘ oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo‘yicha havo haroratini me’yordan 8-10° pasayishi kutilmoqda.
13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqqacha, shimolda kechalari 7-12° sovuqqacha, ba’zi joylarda 14-16° sovuqqacha, kunduz kunlari 3° sovuq 2° iliqqacha pasayadi.
Izoh qoldirish