Respublika bo‘ylab xalq deputatlari hududiy kengashlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan hududlarda ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar (suv hisoblagichi borlar uchun) tasdiqlandi.
«Yangi tariflarga ko‘ra, O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarining yangi narxlari o‘rtacha 1,9 foizga oshgan, deyiladi xabarda. O‘z navbatida, ayrim hududlarda tariflar 1,5−3 baravarga oshgan. Suv hisoblagichlar bilan ta’minlanmagan iste’molchilarga hisob-kitoblar suv iste’moli me’yorlaridan kelib chiqib hisoblanadi.
Tariflar quyidagicha hisoblanadi (Toshkent shahar misolida):
400 (ichimlik suvi) + 100 (ustama) + 350 (kanalizatsiya) + 100 (ustama) + 350 (issiq suv uchun kanalizatsiya*) + 100 (ustama) = jami 1400 so‘m.
Boshqa hududlarda ham hisob-kitob xuddi shunday amalga oshiriladi, faqat ustama haqi viloyatlarda har bir metr kub ichimlik suviga 50 so‘m va oqova suvga 50 so‘m/m3 qilib belgilangan.
* Izoh: ushbu narx faqat markazlashgan isitish tizimiga ulangan abonentlar uchun qo‘llaniladi.
Izoh qoldirish