O‘zbekistonda ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda: ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortmoqda

O‘zbekistonda ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda: ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortmoqda

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2024 yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 16,0 foizga ortib, 1160 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 12,9 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,8 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 24,4 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 52,8 foizga sezilarli darajada oshgan.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2024 yil iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 13 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (63,3%), Namangan (45,2%) Samarqand (43,2%), Jizzax (32,7%) viloyatlari va Toshkent (47,1%) shaxrida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

Shu bilan birga, ushbu indeks Qashqadaryo (-7,5%) viloyatida pasayishi kuzatilgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2024 yil iyul oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 030,0 ming tani tashkil etdi va 2024 yilning iyun oyiga nisbatan 805,2 ming tranzaksiyaga (12,9%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 14 ta hududda oshgan.

2024 yil iyul oyida respublikaning 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan ortgan. Xususan, Sirdaryo (15,2%), Jizzax (14,5%), Farg‘ona (13,4%), Andijon (13,1%) viloyatlari va Toshkent (13,4%) shaxrida sezilarli o‘sish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2024 yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,2438 birlikni tashkil etdi. Ushbu komponent o‘tgan oyga nisbatan 24,4 foizga oshgan bo‘lsada, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 11,0 foizga kamayishi kuzatildi. Shuningdek, bitimlar soni 59,8 foizga oshgan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2024 yil iyul oyida 5 871,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 6,2 foizga ortgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2024 yil iyul oyida 1,0085 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,8 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 1,3 foizga mo‘’tadil darajada kamaygan.

2024 yil iyul oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (481 039 birlik) nisbatan 5 542 birlikka ortib, 486 581 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 7 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 387,138 tadan 392,681 tagacha oshgan (o‘sish 5 543 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 90 141 tadan 90 133 tagacha (-8 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 767 tani tashkil etib, 2024 yilning iyun oyiga nisbatan 7 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2024 yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,5276 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning iyun oyiga nisbatan 52,8 foizga oshgan. Joriy yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 608 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1160

↑1,1294

↑1,2438

↑1,0085

↑1,5276

Sirdaryo viloyati

↑1633

↑1,1522

↑2,0000

↓0,9982

↑7,0000

Toshkent shahri

↑1471

↑1,1338

↑2,0000

↑1,0299

↑1,5843

Namangan viloyati

↑1452

↑1,0811

↑2,0000

↑1,0129

↑1,7000

Samarqand viloyati

↑1432

↑1,1046

↑2,0000

↑1,0073

↓0,8077

Jizzax viloyati

↑1327

↑1,1454

↓0,7821

↑1,0151

↑13,0000

Buxoro viloyati

↑1128

↑1,1196

↑1,2028

↑1,0083

↑1,1000

Farg‘ona viloyati

↑1094

↑1,1343

↑1,0296

↑1,0086

↑2,1176

Xorazm viloyati

↑1086

↑1,1049

↑1,0251

↑1,0094

↑2,2500

Toshkent viloyati

↑1075

↑1,1169

↑1,0901

↑1,0048

↓0,9130

Andijon viloyati

↑1069

↑1,1314

↑1,0152

↓0,9928

↑1,6000

Surxondaryo viloyati

↑1063

↑1,1094

↓0,9637

↑1,0426

↑2,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1051

↑1,0617

↓0,9226

↑1,0038

↑3,0000

Navoiy viloyati

↑1043

↑1,1309

↓0,9909

↑1,0037

↑1,0000

Qashqadaryo viloyati

↓925

↑1,0035

↓0,7965

↑1,0077

↑1,1000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1335

↑1,3211

↓0,7268

↓0,9869

↑12,1600

Toshkent shahri

↑1931

↑1,5730

↓0,9941

↑1,8450

↑19,2381

Namangan viloyati

↑1688

↓0,6392

↑1,8396

↓0,9945

↑17,0000

Jizzax viloyati

↑1675

↓0,7698

↑2,0000

↓0,9819

↑13,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1541

↓0,6631

↑1,9570

↓0,8908

↑11,0000

Andijon viloyati

↑1527

↓0,8187

↑1,3486

↑1,0057

↑16,0000

Sirdaryo viloyati

↑1502

↓0,8139

↑2,0000

↓0,9417

↑7,0000

Samarqand viloyati

↑1482

↓0,7388

↑2,0000

↓0,9723

↑7,0000

Buxoro viloyati

↑1457

↓0,7387

↑1,6169

↑1,0073

↑11,0000

Farg‘ona viloyati

↑1420

↑1,1023

↑1,1685

↓0,9400

↑12,0000

Navoiy viloyati

↑1290

↓0,8582

↑1,8664

↓0,9701

↑1,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1285

↓0,5677

↑1,8378

↓0,9806

↑4,5000

Xorazm viloyati

↑1265

↓0,6190

↑1,8371

↑1,0148

↑3,0000

Toshkent viloyati

↓888

↓0,7288

↓0,7870

↓0,9689

↑3,5000

Surxondaryo viloyati

↓875

↓0,5494

↑1,1060

↓0,9561

↑1,0000

Ruslan Abdullayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar