Toshkentda 27 iyul kuni Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Avtomobil uch xil ko‘rinish va komplektatsiyada taklif etiladi:
- Cargo (yuk tashuvchi versiyasi) — 172,1 million so‘m;
- Kombi (aralash versiya) — 190 million so‘m;
- Trendline (yo‘lovchi tashuvchi versiyasi) — 221,9 million so‘m.
Avtomobillar 27 iyul kuni sotuvga chiqariladi. Hozircha avtomobillarni faqat Toshkentda sotib olish mumkin. Kompaniya vakillari Toshkent, Jizzax va Qo‘qonda uchta dilerlik markazi ochilishini ma’lum qildi.
Volkswagen Caddy’ning ayrim texnik xususiyatlari:
Volkswagen Caddy avtomobili 1980 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan. O‘tgan vaqt ichida avtomobil bir necha bor modifikatsiya qilingan, 2020 yil 20 fevralida esa uning beshinchi avlodi taqdim etilgan edi.
Hozircha O‘zbekistonda 2015 yili ishlab chiqilgan to‘rtinchi avlod avtomobillari sotiladi. 2021 yildan boshlab Jizzaxda beshinchi avlod avtomobillarini ishlab chiqarish va sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish