O‘zbekistonda ehtiyojmand aholi bilan ishlashda yangi, shaffof va adolatli tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida Yagona ijtimoiy reyestr joriy etiladi. Bu haqda 2020 yilning 4 avgust kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorida nazarda tutilgan.
Mazkur tizim yil yakuniga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Yagona ijtimoiy reyestr orqali barcha ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida beriladi.
Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni bosqichma-bosqich oshiriladi:
▪️ hozirda 600 ming;
▪️ 2020 yil oxirigacha 1 mln 200 mingga;
▪️ 2021 yilda 1 mln 500 ming nafarga yetkaziladi.
— 2021 yil 1 yanvardan boshlab kam ta’minlangan oila maqomini olish uchun fuqarolar ko‘plab hujjatlar yig‘ib ovora bo‘lmaydi.
— Ehtiyojmand oilalarga 30 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlar qulay tarzda taqdim etiladi.
Izoh qoldirish