O‘zbekistondagi korxonalarning 68 %i o‘z biznesining istiqbollari yaxshilanishiga ishonadi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovi

O‘zbekistondagi korxonalarning 68 %i o‘z biznesining istiqbollari yaxshilanishiga ishonadi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) sentyabr oyida O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini baholash uchun korxonalar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. So‘rovda 1003 korxona ishtirok etdi.

So‘rovnoma ikki yo‘nalishda o‘tkazildi:

  • biznesning hozirgi holatini sifatli baholash;
  • tadbirkorlarning keyingi 2-3 oydagi kutilmalari.

O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitining tahlili

Biznesning hozirgi holati ko‘rsatkichi 33 punktni tashkil etdi (o‘tgan oyga nisbatan 3 punktga pasayish), bu tadbirkorlarning o‘z biznesining hozirgi holatiga nisbatan o‘rtacha ijobiy degan fikrda ekanliklarini tavsiflaydi.

1003 ta korxonadan 37 %i biznesning hozirgi holatini "yaxshi" (avgust oyida 38%), 49 %i "qoniqarli" (avgust oyida 46%) va atigi 14 %i "yomon" (avgustda 16%) deb baholamoqda.

Tovar/xizmatlarga bo‘lgan talab korxonalarning 39 foizida «yaxshilandi» (avgustda 34 foiz), «o‘zgarmadi» - 42 foiz (avgustda 32 foiz), 19 foizda «yomonlashdi» (avgustda 34 foiz). Xodimlar soni korxonalarning 23 foizida “o‘sdi” (avgustda 11 foiz), 63 foizda “o‘zgarmadi” (avgustda 72 foiz), 14 foizga “pasaydi” (avgustda 17 foiz).

Keyingi 2-3 oy davomida biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi 66 punktni tashkil etdi (o‘sish 3 punkt), ya’ni keyingi 2-3 oy ichida o‘z biznesini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida tadbirkorlarning taxminlari ijobiy bo‘lib qolmoqda. (1-rasm)

Biznes-iqlim ko‘rsatkichlari dinamikasi, rivojlanish istiqbollari va hozirgi holati

So‘rovnomada qatnashgan korxonalarning 68 %i o‘z biznesi istiqbolini "yaxshilanadi", (avgust oyida 64%), 28% "o‘zgarmaydi" (avgustda 33%) va faqat 3% bu "yomonlashadi" (avgustda 3%) deb hisoblamoqda.

Keyingi 2-3 oy ichida tovar / xizmatlarga bo‘lgan talab korxonalarning 64 foizida «yaxshilanadi», 30 foizida «o‘zgarmaydi» va atigi 6 foiz talabning «yomonlashishini» taxmin qilmoqda.

Kelgusi oylarda korxonalarning 46 %i ishchilar sonining "o‘sishini" kutmoqda, 49% ishchilar soni "o‘zgarmaydi", 5% esa "pasayishini" kutmoqda. So‘rovda 16% korxonalar o‘z tovar / xizmatlari narxlarini "oshirish", 36 %i o‘z mahsulotlariga narxlar "o‘zgartirmaslik", 4 %i "narxlar pasayishini" ni kutmoqdamiz deb javob berishdi, shundan 45 % respondentlar mazkur savolga javob bermaslikni ma’qul ko‘rishdi.

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi 49 ballni tashkil etdi (o‘zgarishsiz), ya’ni O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitining holati yaxshi deb baholandi.

Mavjud vaziyat va taxminlar qiymatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik yaqin 2-3 oy ichida mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanib borishini anglatadi (2-rasm).

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sikli bosqichlari

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Yevropa hududi (-1,19), Turkiya (5), Janubiy Koreya (68) va XXR (1,5) uchun ishbilarmonlik muhitining o‘xshash ko‘rsatkichlarini baholash mos ravishda 0,15 punkt, 1 punkt, 2 punkt va 0,5 punktlarda kichik o‘sish kuzatildi. Rossiya uchun ko‘rsatkich (-5) o‘zgarishsiz qoldi.

Feruzbek Davletov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar