Toshkent metropoliteniga 20 ta metro vagoni (5 ta sostav) olib kelinadi, poyezd qatnovlari o‘rtasidagi interval qisqartiriladi.
Bu haqda AOKAda Transport vazirligi va «Toshkent metropoliteni» DUK mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Qatnovlar bo‘yicha 31 avgustdan yangi jadval joriy etiladi, unga ko‘ra:
- Chilonzor yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 4 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi;
O‘zbekiston yo‘nalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oralig‘i 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 5 daqiqa oralig‘i bilan harakatlanadi.
Bu asosan yo‘nalishda ishlayotgan metro sostavlarini ko‘paytirish hisobiga amalga oshirilib, yo‘lovchilarimizning yo‘lga sarflaydigan vaqti qisqartiriladi.
Izoh qoldirish