O‘zbekiston Transport vazirining 2020 yil 5 fevraldagi buyrug‘i bilan O‘zbekistonga xorijiy aviatashuvchilar tomonidan muntazam parvozlarni bajarish bo‘yicha yangi yo‘riqnoma tasdiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur Yo‘riqnoma Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiya va O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun xorijiy aviatashuvchilar tomonidan ruxsatnomalar olish tartib-tamoillarini, shuningdek, parvoz jadvallarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash chog‘ida O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq parvozlar jadvallarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, ularni ko‘rib chiqishda "O‘zaviatsiya" agentligi, "O‘zaeronavigatsiya" Markazi DUK va "Uzbekistan Airports" AJ ishtirok etadi.
Izoh qoldirish