Energetika vazirligi 1991 yildan 2021 yilga qadar respublika bo‘yicha elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash bo‘yicha olib borilgan ishlar hajmi haqida ma’lumot berdi.
1991-2016 yillar:
- 1991-2016 yillarda yoki 25 yil ichida respublika bo‘yicha 9 300 km elektr uzatish tarmoqlari va 4 800 ta transformatorlar yangilangan.
2017-2020 yillar:
- 2017-2020 yillarda yoki so‘nggi 4 yilda respublika bo‘yicha 25 600 km elektr uzatish tarmoqlari va 8 900 ta transformatorlar yangilandi.
Buning natijasida respublika bo‘yicha qariyb 2 mingta mahalladagi 1,7 milliondan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.
2021 yilda (1 yilda):
- 15 000 km elektr uzatish tarmoqlari va 4 000 ta transformator punktlari yangilanadi va rekonstruksiya qilinadi.
Izoh qoldirish