“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga asosan Ustyurt mintaqasida tabiiy gaz qazib chiqarish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Jumladan, quduqlarda kapital ta’mirlash ishlarini bajarish baraborida, konlarda yangi quduqlar ham burg‘ilanmoqda.
Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shimoliy Berdaq” gaz kondensat konidagi 102-sonli quduqda amalga oshirilgan burg‘ilash ishlari o‘z natijasini berdi.
Burg‘ilash ishlaridan tugatilgan quduqning 2640–2540 metr oralig‘iga filtr tushirildi.
Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 220 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Burg‘ilash ishlari “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJ tomonidan olib borildi va hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.
Ma’lumot uchun: “Shimoliy Berdaq” gaz kondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2006 yilda ishga tushirilgan.
Izoh qoldirish