Paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta xaridi bo‘yicha yakuniy hisob-kitob uchun 12 oygacha milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya to‘lanadi.
Bu haqda Prezidentning "Paxta xomashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qabul qilingan (PQ–2-son, 10.11.2021 y.) qarorida keltirilgan.
2022 yil hosilidan paxta yetishtirishni va yig‘im-terimini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- paxta yetishtirish va yig‘im-terimni imtiyozli moliyalashtirish klasterlar va Urug‘chilikni rivojlantirish markazidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari orqali amalga oshiriladi;
- banklar tomonidan Jamg‘arma resurslaridan quyidagilar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi:
- paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 24 oyga, 18 oylik imtiyozli davr va 19-oydan boshlab so‘nggi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;
- elita urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada 14 oyga;
- paxta-to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta yig‘im-terimini moliyalashtirish uchun – paxta qiymatining 20 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 12 oyga, 3 oylik imtiyozli davr bilan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar mineral o‘g‘it, yoqilg‘i-moylash, texnikaga oid masalalar, ularni import qilishni mustaqil hal qiladi, bunga har qanday tarzda aralashish taqiqlanadi.
Izoh qoldirish