Raqamli biznes modellari: instrumentlar, ilg‘or tajribalar, monetizatsiya

Raqamli biznes modellari: instrumentlar, ilg‘or tajribalar, monetizatsiya

6 oktyabr kuni “Raqamli biznes modellari: instrumentlar,ilg‘or tajribalar va monetizatsiya” forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda ekspertlar raqamli transformatsiya bo‘yicha nima uchun vaqtni behuda sarflamaslik va hozirdan biznesni raqamlashtirish, avtomatlashtirish muhimligi to‘g‘risida gapirdilar.

Raqamli tendensiyalar sohasida ma’lumotlarni boyitish maqsadida O‘zbekistondagi yirik biznes egalari va TOP menejmentni bir joyga birlashtirgan ushbu forum Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘z bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rgan, muvaffaqiyatli tajribalarini barcha bilan baham ko‘ruvchi va biznesga befarq bo‘lmagan 6 nafar ekpert forumda so‘zga chiqdi. Ularning orasida raqamli transformatsiya sohasida taniqli ekspert, CDTO Skolkovo dasturi direktori Nikolay Verxovskiy ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Forumda ekspertlar tomonidan quyidagi savollar muhokama qilindi:

- Nima uchun hozirda o‘zgarishlar muhim va biznes uchun nimani anglatadi;
- Qanday qilib eng kam xarajat bilan raqamli tizimga o‘tish va yangi daromadlarga erishish mumkin;
- Raqamli islohot davomida axborot xavfsizligini qanday qilib mukammal yaratish lozim;
- Nima uchun Low Code platforma biznesni avtomatlashtirish uchun eng yaxshi vositadir.

Bundan tashqari, ma’ruzachilar “Rosbank”ni transformatsiya jarayoni bilan o‘rtoqlashdilar va O‘zbekiston chakana bozoridagi tendensiyalar haqida gapirib berdilar.

“Forum ishtirokchilari raqamli biznes ekspertlarining taniqli nazariyotchilardan tortib taniqli sotuvchilarigacha va aniq biznes ko‘rsatkichlarini to‘plashga harakat qilganimizni ko‘rishlari mumkin edi. Biz natijadan mamnunmiz va kelgusida bunday forumni takrorlashni intiqlik bilan kutamiz. Keyingi safar yanada amaliy ma’lumotlar va yangi keyslarni taqdim etish maqsadida tinglovchilardan kelgan savollar bilan yaqin vaqt ichida ishlashni boshlaymiz”- deb ta’kidladi Farhod Obidxonov, Tune Consulting direktori.

Forum TUNE Consulting, Mars Solutions, Tenge Bank, ELMA, 65 apps, Skolkovo kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Biz ularning har biriga biznesni raqamlashtirishning xalqaro rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz!

*Reklama huquqi asosida


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar