Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-sonli qaroriga asosan aholi tadbirkorligini ta’minlash maqsadida 900 mlrd.so‘m (shundan, 629 mlrd. so‘m ilgari olingan imtiyozli kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan) imtiyozli kredit ajratish belgilangan bo‘lib, amalda yil boshidan (01.12.2022 yil holatiga) barcha jamg‘armalar hisobidan 37 629 nafar fuqaro va tadbirkorlarga 837,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar yo‘naltirildi.
Shundan:
- “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida 36 579 nafar fuqaro va tadbirkorlarga 792,9 mlrd. so‘m;
- Hunarmandchilik jamg‘armasi hisobidan 195 nafar hunarmandga 10,8 mlrd. so‘m;
- Dehqon fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 600 nafar sub’yektga 28,9 mlrd. so‘m;
- Mahalliy hokimlik huzuridagi jamg‘arma hisobidan 30 nafar tadbirkorlik sub’yektlariga 2,8 mlrd. so‘m;
- Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma hisobidan 225 nafar tadbirkorlik sub’yektlariga 2,1 mlrd. so‘m;
Jumladan, chorvachilikga 138,4 mlrd. so‘m, asalarichilikga 13,4 mlrd. so‘m, issiqxonaga 59,2 mlrd. so‘m, baliqchilikga 8,3 mlrd. so‘m, quyonchilikga 3,9 mlrd. so‘m, parrandachilkga 34,9 mlrd. so‘m, hunarmandchilikga 13,5 mlrd. so‘m, meva-savzavotchilik va bog‘dorchilikga 96,2 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatish va servisga 351,6 mlrd.so‘m, ishlab chiqarishga 24,7 mlrd. so‘m va boshqa yo‘nalishlarga 93,4 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan.
Joriy yil yanvar-noyabr oylarida tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish mablag‘lari hisobidan 8,9 trln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, shundan, 1,7 trln. so‘mi qisqa muddatli kreditlar hamda 7,2 trln. so‘mi uzoq muddatli kreditlarga yo‘naltirilgan. Shunigdek, ajratilgan kreditlarning 1,1 trln. so‘mi qishloq xo‘jaligiga 837,5 mlrd. so‘mi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga, 955 mlrd. so‘mi ipoteka kreditlariga yo‘naltirildi.
Izoh qoldirish